Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat ilova qilinadi.