Iqtisodiy protsessual kodeksi 232-1-modda. Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishning umumiy qoidalari

Ushbu bobda belgilangan qoidalar arbitraj muhokamasi taraflarining arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, taʼminlash choralarini koʻrish, dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.