Iqtisodiy protsessual kodeksi 232-10-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari

Ushbu bobda belgilangan qoidalar mediativ kelishuv tuzgan taraflarning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi. Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan manfaatdor tarafning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.