Iqtisodiy protsessual kodeksi 24-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari

Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi yoki sudyani yoxud bir necha sudyani yoinki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish oʻsha sudda, biroq sudyalarning boshqa tarkibida koʻriladi. Agar oʻzini oʻzi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni oʻsha sudda koʻrish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni boʻlmasa, ish boshqa sudga oʻtkazilishi kerak.