Iqtisodiy protsessual kodeksi 243-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ishlarni koʻrishning protsessual oqibatlari

Agar chet davlat sudining ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, mazkur ishni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatiga kirmasa, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi daʼvo arizasini ushbu Kodeksning 10-bobi qoidalari boʻyicha koʻrmasdan qoldiradi. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi, agar chet davlat sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, ushbu ishni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatiga kirmasa yoki koʻrsatilgan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 248-moddasiga muvofiq tan olinsa va ijro etilsa, ushbu Kodeks 11-bobining qoidalari boʻyicha ish yuritishni tugatadi.