Iqtisodiy sudga: 1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar boʻyicha ishlar koʻrilayotganda taraflar boʻlgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) oʻrtasidagi fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar; 2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlar; 3) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar; 4) hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlar; 4¹ ) arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar; 4² ) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar; 5) ushbu Kodeksning 30-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolar boʻyicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno; 5¹ ) ushbu Kodeksning 30¹-moddasida koʻrsatilgan investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar; 5² ) ushbu Kodeksning 30²-moddasida koʻrsatilgan raqobatga oid ishlar; 6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar ham, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, sudga taalluqli boʻladi. Qonun bilan sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud oʻziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqaro