Iqtisodiy protsessual kodeksi 252-modda. Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) chet el arbitrajining hal qiluv qarori yoki uning chet davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; 2) arbitraj muhokamasi toʻgʻrisidagi bitimning asli yoki uning chet davlatning yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; 3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar u ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan boʻlsa; 4) oʻziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni koʻrish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat; 5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat; 6) chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat; 7) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 8) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.