Iqtisodiy protsessual kodeksi 269-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoinki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 1¹ ) apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki apellyatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha keltirilgan protestga tarafning murojaati koʻchirma nusxasi ilova qilinmagan boʻlsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno; 2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; 4) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; 5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; 6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) qay