Iqtisodiy protsessual kodeksi 27-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar

Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar jumlasiga yuridik yoki jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa, toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ishlar kiradi.