Iqtisodiy protsessual kodeksi 28-modda. Hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlar

Hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) daʼvoni taʼminlash yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar; 2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar; 3) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar. Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 8 , 28 va 29-boblarida koʻrsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqadi.