Iqtisodiy protsessual kodeksi 296-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 4) kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; 5) kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; 6) kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; 7) kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar bildirilgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Kassatsiya shikoyati (