Iqtisodiy protsessual kodeksi 31-modda. Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar

Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar jumlasiga: tadbirkorlik faoliyatini va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha chet davlat sudlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi; tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha chet el arbitrajlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar kiradi.