Iqtisodiy protsessual kodeksi 312-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasini yuborish

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxasini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.