Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan sud tomonidan ilgari taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; 7) shikoyatdan uni bergan shaxs voz kechganligi, protestni chaqirib olganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi munosabati bilan taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shuningdek shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidag