Iqtisodiy protsessual kodeksi 324-12-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan taftish tartibidagi shikoyatni berish muddati ichida shikoyatni bergan shaxsning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibidagi protestni berish muddati ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest keltirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan boshqa ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori tomonidan Oʻ