Iqtisodiy protsessual kodeksi 324-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida koʻrilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.