Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan beriladi. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi. Ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtgach berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi, bundan ushbu Kodeks 327-moddasining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha berilgan arizalar mustasno.