Iqtisodiy protsessual kodeksi 33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari

Yuridik shaxslarga nisbatan daʼvolar ular davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. Yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida boʻlinmalari faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinmalar davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. Fuqarolarga nisbatan daʼvolar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi.