Iqtisodiy protsessual kodeksi 36-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi

Yuridik shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudda, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sudda koʻriladi.