Iqtisodiy protsessual kodeksi 49-modda. Ishda prokurorning ishtiroki

Tumanlararo iqtisodiy sudlarga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga daʼvo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli. Prokuror oʻzining daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bogʻliq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni boʻyicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir daʼvo arizasi (arizasi) boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno. Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini koʻzlab daʼvo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror daʼvogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno. Prokurorning oʻz daʼvo arizasidan (arizasidan) voz kechishi daʼvogarni (arizachini) ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mah