Iqtisodiy protsessual kodeksi 57-modda. Mutaxassis

Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam koʻrsatish yoʻli bilan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda koʻmaklashish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va malakaga ega boʻlgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor boʻlmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin. Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.