Iqtisodiy protsessual kodeksi 63-modda. Vakilning vakolatlari

Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, bundan daʼvo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, daʼvo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va daʼvoni tan olish, daʼvo predmetini yoki asosini oʻzgartirish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulkni yoki pulni olish mustasno. Vakilning ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari u qaysi shaxs tomonidan vakil qilinayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan boʻlishi kerak.