Iqtisodiy protsessual kodeksi 78-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash

Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi. Sudga keltirib boʻlmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur boʻlgan taqdirda esa muhrlab qoʻyilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim. Sud va saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmaydigan holatda saqlash choralarini koʻradi. Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar oʻrtasida taqsimlanadi.