Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda beradi. Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi. Mutaxassisning maslahatini oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida savollar berilishi mumkin.