Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi: isteʼmolchi — foyda chiqarib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda shaxsiy isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs); ishlab chiqaruvchi — isteʼmolchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar; ijrochi — maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, taʼmirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat koʻrsatishning boshqa sohalarida shartnoma boʻyicha isteʼmolchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar koʻrsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar; sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha isteʼmolchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar; shartnoma — tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar toʻgʻrisida isteʼmolchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) oʻrtasidagi ogʻzaki yoki yozma kelishuv; tovar — ishlab chiqaruvchi faoliyatining isteʼmolchiga shartnoma boʻyicha sotish uchun moʻljallagan mahsuli, shu jumladan, import mahsuloti; normativ hujjatlar — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda boshqa hujjatlar (shaharsozlik normalari va qoidalari, davlat farmakopeyasi hamda farmakopeya maqolalari), texnik tavsiflar, retsepturalar, shuningdek tovarning (ishning, xizmatning) sifatiga va xavfsizligiga doir majburiy talablarni oʻz ichiga olgan boshqa hujjatlar; tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi — tovarni isteʼmol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek, ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bogʻ