Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 28-1-modda. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilishda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) namunalar va (yoki) ularning tavsifi boʻyicha axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilinishi mumkin. Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) isteʼmolchiga shartnoma tuzilguniga qadar davlat tilida yoki taraflarning kelishuviga koʻra boshqa tilda quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak: sotuvchining (ijrochining) nomi, uning manzili va shikoyatlarni qabul qilish tartibi; ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) toʻliq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili); tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) asosiy isteʼmol xususiyatlari va oʻziga xos xususiyatlari; litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi); tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxi, yetkazib berish narxi va toʻlov shartlari; ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafillik majburiyatlari, tovarni taʼmirlash shartlari, shuningdek uni saqlash bilan bogʻliq xizmatlar; shartnomani bajarishning boshqa shartlari; agar davriy ravishda tovarlarni yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish yoki ishlarni bajarish nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomaning eng kam amal qilish muddati; tegishli shartnomani tuzish uchun takliflarni qabul qilish muddati; shartnomani bekor qilish tartibi. Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchiga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy toʻgʻrisida xabar berishi kerak. Tovarni namuna va (yoki) uning tavsifi boʻyicha realizatsiya qilish chogʻida sotuvchi (ijrochi) namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq boʻlgan tovarni taqdim etishi, shuningdek isteʼmolchiga tovarni qabul qilib olishida uning butligini, yaroqliligini va isteʼmol xususiyatlari toʻliq saqlanganligini