Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yoʻq mahkumlar: qasddan sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini oʻtaganidan keyin; sodir etilgan ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini oʻtaganidan keyin; sodir etilgan oʻta ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganidan keyin oʻtkaziladi. Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin, Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Mahkumlar qattiq va umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻtkaziladi.