Jinoyat-ijroiya kodeksi 108-modda. Intizomiy jazoning amal qilish muddati

Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi kerak. Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida mahkum yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.