Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv; sakkiz marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; sakkizta posilka yoki yoʻqlov; sakkizta banderol olish huquqiga ega.