Jinoyat-ijroiya kodeksi 121-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari

Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizi boʻlgan summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv; olti marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; oltita posilka yoki yoʻqlov; oltita banderol olish huquqiga ega. Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi taqiqlanadi.