Tarbiya koloniyalarida: oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan; birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.