Jinoyat-ijroiya kodeksi 139-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki masofali video-uchrashuv yoxud telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi , uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda: yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga; odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.