Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati hukmni ijro etish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan mahkum harbiy xizmatchi hibsda ushlab turilgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshilmaydi.