Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo muddati mobaynida mahkum harbiy xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas. Komandir (boshliq) qaroriga binoan mahkum harbiy qism doirasida yoki boshqa qismga koʻchirilgan holda boshqa teng lavozimga oʻtkazilishi mumkin.