Mahkumlarga intizomiy qismda harbiy ustavlar talablariga muvofiq maishiy-yashash sharoiti yaratib beriladi. Mahkumlarni oziq-ovqat, ust-bosh va boshqa narsalar bilan taʼminlash, shuningdek ularga tibbiy xizmat koʻrsatish harbiy ustavlar talablariga muvofiq muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan norma asosida amalga oshiriladi. Kasalxona sharoitida tibbiy yordam olishga muhtoj mahkumlar, davolanish uchun soqchi nazorati ostida gospitalga joʻnatiladi va maxsus jihozlangan palatalarda saqlanadi. Mahkumlarning shaxsiy hisobvaragʻiga har oyda muddatli harbiy xizmat soldatlari va matroslari uchun belgilangan taʼminot puli oʻtkazib boriladi. Mahkumlar oʻz yonida saqlashi, pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishi yoki posilka, yoʻqlov va banderollar ichida olishi mumkin boʻlgan eng zarur narsalar va oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati qonunchilik bilan belgilanadi.