Intizomiy qismda mahkumlarga muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan taʼtillar berilmaydi. Harbiy xizmatchilarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqealar) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, intizomiy qism doirasidan chetga chiqish huquqini beradigan qisqa muddatli — yetti sutkagacha taʼtil berilishi mumkin. Mahkumning qisqa muddatli taʼtilda boʻlish vaqti jazoni oʻtash muddatiga qoʻshiladi.