Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sud hukmning nusxasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga taalluqli hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi. Unvon bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahrum qilish toʻgʻrisidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bogʻliq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini koʻradi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar qiladi.