Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning maʼmuriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. Mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.