Jinoyat-ijroiya kodeksi 173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi toʻgʻrisida xabar berish va ozod boʻlgan shaxslarni kuzatib borish

Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumlarning ozod etilganligi toʻgʻrisida: birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarni; ishga kirish va turmushini yoʻlga qoʻyishga muhtoj boʻlgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; sil yoki tanosil kasalliklariga duchor boʻlgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; maʼmuriy nazorat ostiga olinishi lozim boʻlgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qogʻozi ular ozod etilgan kuni joʻnatiladi. Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi joʻnatiladi. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi boʻyicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining