Jinoyat-ijroiya kodeksi 176-modda. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi

Probatsiya boʻlinmasi shartli hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi. Shartli hukm qilingan shaxs harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi sud hukmi (ajrimi) nusxasini hamda harbiy xizmat oʻtash joyida uning xulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimga yuboradi. Harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi oʻn kunlik muddat ichida mahkum roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida, xizmatni tugatganidan keyin esa, joʻnab ketganligi toʻgʻrisida probatsiya boʻlinmasiga xabar qilishi shart.