Jinoyat-ijroiya kodeksi 183-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash asoslari

Hibsda ushlab turilgan shaxslarning sud-psixiatriya ekspertizasi surishtiruv organining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa, jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining qarori asosida tayinlanadi.