Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qoʻshimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.