Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati: majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi; ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni taʼminlashi; mahkumlarni jazoni oʻtash soatlariga mos boʻlgan ish hajmi bilan taʼminlashi; mahkumlar tomonidan oʻzlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida maʼlumotlar taqdim etishi; mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrishi shart.