Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs: sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi; majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi; oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi; majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi; yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart.