Jinoyat-ijroiya kodeksi 44-2-modda. Ozodlikni cheklash muddatini hisoblash

Ozodlikni cheklash muddati mahkum probatsiya boʻlinmalarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab hisoblanadi. Mahkum uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan yashash joyida boʻlmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.