Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini oʻtagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida saqlanadi: oʻta xavfli retsidivistlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar; mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar; sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar; turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar.