Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda tabaqalashtirishga va yakka tartibda yondashishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qoʻllash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini ragʻbatlantirish, mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlish, mahkumlarning inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.