Jinoyat-ijroiya kodeksi 63-modda. Mahkumlar kiyimi

Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Kiyimning koʻrinishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi.