Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati: mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash; mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish; jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish; jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish; boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi. Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.