Jinoyat-ijroiya kodeksi 69-modda. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni toʻxtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chogʻida, agar boshqa usullar bilan muassasa maʼmuriyatining qonuniy talablarini taʼminlashning iloji boʻlmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi.